07:30 / 26.10.2022
2 428

Kia Rossiyada avtomobil savdosini to‘xtatmoqchi

Kia Rossiyada avtomobil savdosini to‘xtatmoqchi
Foto: Dzen
Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi Rossiyada avtomobillarni ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatib, faqat ularga texnik xizmat ko‘rsatishni qoldirish imkoniyatini istisno etmaydi. Bu haqda kompaniya ijrochi vitse-prezidenti Vu-Chun Chuga tayanib, Forbes xabar bermoqda.

Kompaniya top-menejerning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda Rossiyada noaniqlik kuchayishi va avtomobil bozori «bir muddat to‘liq to‘xtashi» mumkin.

- Ehtimol, biz avtomobillarni u yerga prinsipial jihatdan yetkazib bera olmasligimiz sababli faqat sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanish variantini ko‘rib chiqamiz, — dedi Vu-Chung Chu.

Yevropa bizneslari assotsiatsiyasi (AEB) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada Kia savdosi 2022 yilning yanvar—sentyabr oylarida 2021 yilning shu davriga nisbatan 64 foizga kamaydi.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya brendi ushbu davrda (56 791) sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha «Avtovaz»dan (123 765) ikki baravardan ko‘proqqa ortda qolib, ikkinchi o‘rinda qolmoqda.

Kia mos ravishda 50 ming va 33 mingga yaqin avtomobil sotgan Hyundai va Renault dan oldinda edi. Hyundai savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 62 foizga, Renault’niki esa 67 foizga kamaydi.

- 2021 yilda Rossiyadagi savdolar Kia avtomobillarining umumiy sotuvining 6 foizini tashkil etdi, — deyiladi Bloomberg Samsung Securities ma’lumotlarida.

2021 yilda Kia’ning Rossiyadagi umumiy sotuvlardagi ulushi taxminan 12 foizni tashkil etdi.

Kia avtomobillarni Sankt-Peterburgdagi Hyundai Motor tomonidan boshqariladigan zavodda yig‘adi. Hyundai zavodi Rossiyada avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, korxonada 2 600 kishi ishlaydi va yiliga 200 ming dona avtomobil ishlab chiqariladi. Iyun oyida Hyundai Sankt-Peterburgda ikkinchi zavod yaratish loyihasini to‘xtatdi.

18 oktabr kuni Hyundai Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatib qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani, jumladan, zavodning sotilishi haqida xabar berildi. Vu-Chung Chu esa bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Kia Rossiyada avtomobil savdosini to‘xtatmoqchi