00:49 / 30.10.2022
2 127

Yevropa Ittifoqi 2035 yildan boshlab to‘liq elektromobillarga o‘tadi

Yevropa Ittifoqi 2035 yildan boshlab to‘liq elektromobillarga o‘tadi
Foto: AP
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar 13 yildan so‘ng o‘z hududida ichki yonuv dvigatelli yangi avtomobillarni sotish va ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash haqida kelishib oldi.

Bu qaror Yevropa komissiyasi va Yevropa parlamenti tomonidan ma’qullangan. Shu bilan birga, bir qator yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari, xususan, Volkswagen, Jaguar, Ford, Bentley Motors, Peugeot, Citroen va Fiat bu vaqtga borib, ehtimol undan ham oldinroq Yevropa bozorlariga faqat elektromobillarni taqdim etishni e’lon qilishdi.

Biroq, bu yetakchi konsernlar boshqa mintaqalar uchun an’anaviy avtomobillar ishlab chiqarishdan voz kechishini anglatmaydi.

2035 yildan boshlab benzin va dizel dvigatelli yangi avtomobillarni sotishni to‘liq taqiqlashdan tashqari, Yevropa Ittifoqi davlatlari CO2 chiqindilari bo‘yicha yanada qattiq standartlarini joriy etishga kelishib oldilar. 2030 yilga kelib ularni 2021 yil darajasiga nisbatan 37,5 foizga emas, 55 foizga kamaytirishga qaror qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yevropa Ittifoqi 2035 yildan boshlab to‘liq elektromobillarga o‘tadi