00:06 / 11.11.2022
2 147

O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlik sohasida hamkorlik qilishga kelishdi

O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlik sohasida hamkorlik qilishga kelishdi
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
10 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti arafasida O‘zbekiston—Vengriya biznes-forumi o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbir yakunida 8 ta hujjat imzolandi.

Forumda O‘zbekistonning asosiy vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari hamda AKT, qurilish, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va yengil sanoat, tibbiyot va farmatsevtika, transport, logistika va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi 200 ga yaqin yirik venger va o‘zbek kompaniyalari vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston va Vengriya vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida G2B va B2B uchrashuvlari tashkil qilindi. Ularda ishtirokchilar qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro manfaatli savdo bitimlarini tuzish masalalarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Tadbir yakunida 8 ta hujjat imzolandi, jumladan, avtomobilsozlik, transport-logistika xizmatlari, yengil sanoat, parrandachilik sohalarida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv va shartnomalar hamda tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va baliqchilik sohasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlik sohasida hamkorlik qilishga kelishdi