
Foto: Bloomberg
Yaponiyaning Honda Motor avtomobil ishlab chiqaruvchisi tormoz datchiklaridagi muammolar tufayli Xitoyda ishlab chiqarilgan 200 mingdan ortiq avtomobilni chaqirib oladi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Xususan, Honda'ning Xitoyning Dongfeng Motor Group bilan qo‘shma korxonasida 2018 yil oktabr oyidan 2020 yil sentyabriga qadar ishlab chiqarilgan 106 mingga yaqin gibrid avtomobillar chaqirib olinadi.
Bundan tashqari, Honda qo‘shma korxonasi tomonidan Guangzhou Automobile Group bilan ishlab chiqarilgan 95 mingta avtomobil qaytarib olinmoqda.
Yaponiya kompaniyasining ikki xitoylik hamkori chaqirib olingan avtomobillardagi nuqsonli butlovchi qismlarni almashtiradi.
Mart oyida yakunlangan so‘nggi moliyaviy yilda Xitoyda Honda qo‘shma korxonalari 1,62 million avtomobil ishlab chiqardi, bu avvalgi yilga nisbatan 14 foizga kam.
Honda aksiyalari payshanba kungi savdolarda 0,2 foizga arzonlashdi. Joriy yil boshidan buyon ularning qiymati 6 foizga tushgan.
HondaTormoz TizimiAvtomobil QaytarishXitoyda Ishlab ChiqarishGibrid AvtomobillarMoliyaviy Yil O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar