2022 yilda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining «avtoraqam.uzex.uz» elektron savdo tizimida 304,1 mlrd so‘mlik 118 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotilgan. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,6 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91 foizi fuqarolar, 9 foizi kompaniyalar tomonidan xarid qilingan.
O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 494,9 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 348 mln so‘mni tashkil qilgan.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlar, 8 foizi ikkinchi, 8 foizi uchinchi, 11 foizi to‘rtinchi, 22 foizi beshinchi va 46 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (31 foiz) Samarqand va Qashqadaryo (8 foizdan), Namangan, Andijon va Surxondaryo (7 foizdan), hamda Xorazm (6 foiz) viloyatlarida xarid qilingan.
Avtoraqamlarni onlayn auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi O‘zbekiston Davlat budjetiga, 20 foizi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”