16:50 / 18.01.2023
541

Toshkent markazida avtomobillar harakati keskin qisqartiriladi

Toshkent markazida avtomobillar harakati keskin qisqartiriladi
Prezidentning «Toshkent shahrida transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yo‘l harakatini raqamli boshqarish tizimini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat bilan «Toshkent shahar tirbandlik yuqori bo‘lgan ko‘chalarida o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, transport oqimlarini samarali boshqarishni joriy etish va yo‘l o‘tkazgichlari qurish konsepsiyasi» tasdiqlanadi.

Unga ko‘ra:
  • chorrahalar va avtomobil yo‘llaridan o‘tayotgan transport vositalari harakatini samarali boshqarish va taqsimlash tizimini yaratish orqali tirbandliklar yuzaga kelishini oldini olish va ularning sonini keskin kamaytirish;
  • avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirishda jamoat transporti harakati ustunligini ta’minlash orqali jamoat transportining jozibadorligini oshirish va shahar markazida harakatlanayotgan yengil avtotransport vositalarining sonini 20 foizgacha qisqartirish;
  • tartibga solingan yo‘l bo‘yi pullik avtomobil to‘xtash joylari tizimini tashkil etish orqali pulli avtomobillar to‘xtash joylari sonini ko‘paytirish va bevosita shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanish darajasini kamaytirish;
  • chorrahalar geometrik parametrlarini o‘zgartirish yo‘li bilan avtotransport vositalarining o‘tkazuvchanligini 15 foizga oshirish, avtotransport vositalaridan atrof tabiiy muhitga yetkazilayotgan zararlar miqdorini 35 foizgacha kamaytirish;
  • yo‘l o‘tkazgichlar va chorrahalarni loyihalash va qurishda zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish orqali raqamlashtirish ko‘rsatkichini 90-95 foizga ko‘tarish;
  • avtotransport vositalari og‘irligi va gabariti nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalari tizimini yaratish orqali shahar yo‘llari bo‘ylab yuk tashuvlarini tartibga solish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkent markazida avtomobillar harakati keskin qisqartiriladi