UzAuto Motors'ning savdo.uzavtosanoat.uz saytida kompaniya xorijdan import qiladigan avtomobillarning yangi narxlari paydo bo‘ldi. Bu modellar uchun shartnoma tuzish qayta ochilgan.
Yangi shartnomalarda Tracker 2 mln so‘mdan ortiqroqqa qimmatlaganini ko‘rish mumkin. Malibu deyarli 10 mln so‘mga arzonlashgan. Equinox 22 mln so‘mgacha qimmatlashgan.
QQS pasaygani hisobiga, Malibu 10 mln so‘mga arzonlashgan:
Malibu – 395 311 840 so‘m (yetkazib berish muddati: 31.03.2023)
QQS pasayganiga qaramay, Tracker 2,1–2,6 mln so‘mga qimmatlashgan:
Tracker Turbo 1.2 LS AT – 211 454 880 so‘m (31.08.2023)
Tracker Turbo 1.2 LTZ AT – 231 196 000 so‘m (30.06.2023)
Tracker Premier 2023 AT – 251 142 080 so‘m (31.07.2023)
QQS pasayganiga qaramay, Equinox, Traverse va Tahoe 5 foizga qimmatlashgan:
Equinox 1LT – 441 000 000 so‘m (30.06.2023)
Equinox 3LT – 472 500 000 so‘m (31.05.2023)
Traverse – 734 530 720 so‘m (30.06.2023)
Tahoe – 1 109 274 880 so‘m (31.07.2023)
Qisman O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan modellar sotuvi esa hali tiklanmadi.
Lacetti, Cobalt, Damas va Labo uchun kontraktatsiya dekabr oyida yopilgan edi. Shartnoma tuzish boshlanganida ularning ham narxi oshishi kutilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi