00:15 / 28.01.2023
596

O‘zbekistonda eski “prava”ni onlayn almashtirish imkoniyati yaratildi

O‘zbekistonda eski “prava”ni onlayn almashtirish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonda 30 yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini onlayn almashtirish imkoniyati yaratiladi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib, YAIDXP (my.gov.uz) yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi.

Buning uchun (my.gov.uz) orqali buyurtma beriladi. Buyurtmada:
  • bo‘sh qatorlar o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi;
  • tegishli bandlar tanlanadi;
  • yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko‘rsatiladi;
  • mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo‘yiladi;
  • so‘nggi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 70 foizi (210 000 so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

Markaz xodimi, kelib tushgan buyurtmani ko‘rib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.

Pochta xizmati tomonidan ikki ish kunida manzil bo‘yicha yetkaziladi va sizdan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonni olib, yangisini taqdim etadi. Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonini DXMga topshiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda eski “prava”ni onlayn almashtirish imkoniyati yaratildi