22:24 / 06.02.2023
476

Barcha aholi punktlarida harakat tezligi 60 km/soatga tushiriladi

Barcha aholi punktlarida harakat tezligi 60 km/soatga tushiriladi
O‘zbekistonda 2023 yilgi davlat dasturi loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Loyihada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” g‘oyasi asosida isloh qilish belgilangan.

2023 yil 1 iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligini soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirish taklif etilmoqda.

Izohlanishicha, tezlikni 10 kilometr soatga tushirish o‘lim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib keladi. Birgina Toshkent shahrida 2022 yilda 1200 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan, bu 2021 yildagi holatlardan (1073) qariyb 130 taga ko‘p. Ushbu davrda yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 136 nafarini tashkil etadi.

Shuningdek, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab, transport vositasining mulkdoriga transport vositasini boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxs bilan birgalikda tegishli huquqni belgilovchi hujjatni taqdim etgan holda DYHXX organlarini transport vositasini boshqarish huquqini o‘tkazgani haqida xabardor qilish huquqi beriladi.

Bunda, xabarnoma olingan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va ushbu transport vositasida sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

Bu mexanizmlar transport vositasi boshqaruvi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklarni maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etishda ball tizimi joriy etilishi munosabati bilan kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Barcha aholi punktlarida harakat tezligi 60 km/soatga tushiriladi