Yangi Nexia narxlari ma’lum bo‘ldi

Toshkentda 27 may kuni namoyish qilingan yangi Chevrolet Nexia avtomobilining preyskuranti ijtimoiy tarmoqda tarqaldi, deb yozmoqda "Kun" nashri. T250 platformasi bazasida bunyod etilgan V sinfiga mansub ixcham sedan O‘zbekistonda 1996 yildan buyon sotib kelinayotgan (2008 yilda yangilangan Nexia 2 chiqarildi) Nexia o‘rnini egallaydi.
Yangi model MDH davlatlaridan tashqari, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga import qilinadi.
Nexia-3 modelining ulgurji narxi 35,8 million so‘mdan boshlanadi (standart modifikasiya). Yarim lyuks (51,4 million so‘m), yuqori pozisiya (58,6 million so‘m).
GM Uzbekistan hozircha yangi avtomobilning narxini rasman e’lon qilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing