date 16:13 / 21.04.2023
views 223

3 oyda elektromobillar savdosi 2,2 mingtaga yetgan

3 oyda elektromobillar savdosi 2,2 mingtaga yetgan
Mart oyida umumiy avtomobil bozorida faollikning pasayishi qayd etilgani (0,1 foiz yoki 115 donaga kamaygan)ga qaramay, elektromobillar bozoridagi faollik oy davomida sezilarli darajada oshdi.
 
Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR)ning O‘zbekiston avtomobil bozori tahlilida ma’lum qilindi.
 
Ma’lum qilinishicha, birlamchi bozorda sotuvlar 34 foizga oshgan bo‘lsa, ikkilamchi bozor 24 foizga o‘sishni ko‘rsatdi.
 
Umuman olganda, 2023 yilning I choragida yillik o‘sish 2 baravarga ko‘paygan holda 2,2 ming dona yengil elektromobil sotilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, Statistika agentligi O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 786 dona elektromobil import qilgani haqida ma’lumot bergan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto