Toshkentda erta tongda mudhish YTH sodir bo‘ldi (Foto)

Toshkentning Qushbegi mavzesida bugun, 17 iyun kuni erta tongda Captiva va Mercedes avtomobillari ishtirokida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Telegram`ning “Avto tuning” guruhida fotoxabar qoldirildi, deb yozadi “Darakchi” nashri.

Voqea guvohlarining ma’lum qilishicha,YTH Captiva haydovchisining uxlab qolishi oqibatida sodir bo‘lgan. Suratlarda Captiva`ning katta tezlik bilan kelib, yo‘l chetidagi ustunni urib, yiqitib yuborganini ko‘rish mumkin. Biroq, katta tezlikda kelayotgan avtomobil ustunga urilib ham to‘xtamagan. Avtomobil yuvish shahobchasi yonida turgan Mercedes avtomobiliga kelib urilgan va unga ham jiddiy zarar etkazgan.


YTH oqibatida jabrlanganlar shifoxonaga olib ketilgan.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing