Foto: BYD
BYD kompaniyasi tez orada F nomi ostida yangi modelni taqdim etishini ma’lum qildi. BYD F brendi qatorining ilk modelini 2023 yil yozida sotuvga chiqaradi. Biroq birinchi model haqida batafsil rasmiy ma’lumot keyinroq e’lon qilinishi aytilgan.
2022 yil noyabrida F brendi ilk bor «professional va personallashgan» ta’rifi bilan eslab o‘tilgan. U BYD'ning Denza va Yangwang brendlari oralig‘idagi modellar qatori sifatida ishlab chiqarilishi ta’kidlangan.
Mart oyida yo‘ltanmasning ilk suratlari paydo bo‘lgandi. Ekspertlar BYD SF'ni Mercedes G-Class'ning raqobatchisi sifatida ko‘rmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, SF iyun oyida Xitoy bozori uchun sotuvga chiqishi mumkin.
Modelning uzunligi 5 metrga teng. U 680 ot kuchini beradigan dvigatel bilan jihozlanadi. Bir martalik to‘la quvvatlanish bilan 1200 kmgacha masofani bosib o‘ta oladi va o‘zida eng zamonaviy texnologiyalarni mujassam qiladi. Narx esa komplektatsiyasiga qarab 57 000 dollardan 85 620 dollargacha bo‘ladi.
Qayd etilishicha, F brendining ikkinchi modeli pikap bo‘ladi. Bu modellar BYD'ning Chjenchjoudagi zavodida ishlab chiqariladi. Ushbu zavod 2023 yilning aprel oyida faoliyatini boshlagan. Ayni damda bu yerda Song Plus krossoverlari ishlab chiqarilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi