Nissan Xitoy bozorida yangilangan modellarini taqdim etishda davom etmoqda. Yapon ishlab chiqaruvchisining navbatdagi yangiligi — “supergibrid” deya ta’riflanayotgan X-Trail krossoveri bo‘ldi.
Nissan Xitoy bozorida X-Trail’ning savdosini boshladi. U ikki xil komplektatsiyada xaridorlarga taklif etilmoqda. Xususan, Deluxe pozitsiyasi 27 000 dollarga baholangan bo‘lsa, Supreme komplektatsiyasi uchun 28 350 dollar so‘ralmoqda. Ikkala pozitsiya texnik tomondan bir xil, faqatgina qo‘shimcha imkoniyatlar bilan farqlanadi.
“Supergibrid” Nissan X-Trail 2-avlod e-POWER gibrid tizimiga ega bo‘lgan. Ichki yonuv dvigateli faqat generator vazifasini bajarib beradi, ya’ni uning mashina g‘ildiraklariga umuman aloqasi yo‘q. Shu tomondan X-Trail elektromobilga juda o‘xshab ketadi. Ikkita elektromotor o‘rnatilgan — old va orqada. Ular jami 340 ot kuchini berishga qodir. Avtomobil batareyasini 1,5 litr hajmga ega 144 ot kuchini beradigan turbodvigatel quvvatlab turadi.
Mashinaning uzunligi 4681 mm, eni 1840 mm, bo‘yi esa 1730 mm, g‘ildiraklar bazasi bo‘lsa 2706 mmni tashkil etadi.
Deluxe komplektatsiyasi ham ikkinchi darajali avtopilot bilan ta’minlagan. Bunda haydovchi yo‘l belgilarini avtomatik tanish, yo‘l chizig‘idan chiqib ketmaslik, moslashuvchan kruiz-nazorat, iqlim nazorati, proyeksiyali displey funksiyalaridan foydalanishi mumkin.
Supreme versiyasida mediatizimni 12,3 dyuymlik displey yordamida boshqarish mumkin (Deluxe’da esa 7 dyuymlik displey).
Supergibrid, Xitoy, Nissan X-Trail, Yangilangan model “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring