date

Toshkentda jamoat transporti ishtirokidagi YTHlar natijasida 10 oyda 6 kishi halok bo‘ldi

Toshkentda jamoat transporti ishtirokidagi YTHlar natijasida 10 oyda 6 kishi halok bo‘ldi

2014 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi korxonalari haydovchilari aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni 2013 yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Bu haqda «Poytaxt transporti» gazetasiga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Jumladan, haydovchilar aybi bilan 67 ta YTH sodir etilib, 2013 yilning shu davriga nisbatan 4taga oshgan. YTHlar oqibatida 6 fuqaro vafot etib, bu o‘tgan yilga nisbatan 1 nafarga ko‘p; jarohatlanganlar soni esa 81 nafar bo‘lib, 2013 yilga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 3taga ko‘paygan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTHlarning 26tasi yoki 39 foizi piyodani urib yuborish bilan bog‘liq og‘ir hodisaga to‘g‘ri kelmoqda. «Ya’ni, haydovchilar oxirgi paytlarda piyodalarga nisbatan e’tiborsiz munosabatda bo‘lishmoqda, o‘z navbatida, piyodalar ham yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tib, harakat xavfsizligiga rahna solmoqdalar», - deydi kompaniyaning Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini ta’minlash xizmati boshlig‘i Muhammadjon Qahhorov.

Qayd etishlaricha, avtobuslar orasida eng YTHlar Mercedes-Benz Conecto na nijnem etaje avtobuslari haydovchilari tomonidan sodir etilgan (35ta yoki 52 foiz). Isuzu haydovchilari tomonidan esa 21ta (yoki 31 foiz) YTHlar sodir etilgan. Tramvaylar orasida esa eng ko‘p YTH «Tatra-3M» haydovchilari tomonidan (5ta) sodir etilgan, «KTM-619» haydovchilari tomonidan esa 3ta YTH sodir etilgan.

Foto: kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Toshkentda jamoat transporti ishtirokidagi YTHlar natijasida 10 oyda 6 kishi halok bo‘ldi