21:16 / 02.08.2023
395

O‘zbekistonda Chevrolet Monza ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda Chevrolet Monza ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Foto: Chevrolet

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Monza ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Kompaniya rasmiy vakilining ma’lum qilishicha, bu modeldagi avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish katta investitsiyalar jalb etishni talab qiladi.

Shu bilan birga, ishlab chiqarish nafaqat Asakadagi avtomobil zavodini qayta jihozlash, balki mahalliy yetkazib beruvchilar tomonidan zarur butlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil etishni ham taqozo etadi.

Biroq Chevrolet Monza avtomobillariga talab va qiziqishning ortib borayotgani hisobiga UzAuto Motors SKD usulida ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Foto: Chevrolet

O‘zbekistonda Chevrolet Monza ishlab chiqarilishi haqida 2019 yilda ham xabarlar tarqalgan, o‘shanda bu model Chevrolet Cobalt o‘rnini egallashi taxmin qilingandi. Lekin o‘shanda “O‘zavtosanoat” vakillari bunday reja borligini rad etgandi.

Ma’lumot uchun, Monza – Chevrolet kompaniyasining eng arzon avtomobillaridan biri. Bu modelning yangilangan 3 ta versiyasi 2022 yilning sentyabr oyida Xitoyda 13 200 dollardan 15 200 dollargacha bo‘lgan narxlarda sotuvga chiqarilgan.

Foto: Chevrolet

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning dekabr oyi boshida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uchun shartnoma tuzish to‘xtatilgandi. Bu modellarga shartnoma berish qachon boshlanishi haligacha noaniq bo‘lib qolmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda Chevrolet Monza ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin