18:53 / 03.08.2023
365

GM salonida karavoti bo‘lgan elektromobil ishlab chiqardi

Foto: CarNewsChina

General Motors kompaniyasi Wuling Bingo deb nomlangan elektromobil ishlab chiqardi. Bu salonida karavot bo‘lgan hamyonbop elektromobil hisoblanadi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.

B-klassga tegishli ixcham xetchbekning narxi 8 340 dollardan 11 830 dollargacha. U bitta quvvatlantirishda 333 kilometr masofani bosib o‘ta oladi.

Hozirgi vaqtda ushbu model faqat Xitoyda sotilmoqda. Avtomobilning uzunligi to‘rt metrdan sal oshadi. Avtomobilga ikkita displey o‘rnatilgan.

Foto: CarNewsChina
Foto: CarNewsChina

Opsiyalar orasida shishiriladigan matras va karavot mavjud bo‘lib, u salonning orqa tomoniga joylashadi. Wuling Bingo modelining ikki turi mavjud. Birinchisi bitta quvvatlantirishda 203 kilometr yursa, ikkinchisining akkumulyatori kuchliroq bo‘lib, u 333 kilometr masofa bosadi.  Avtomobilning maksimal tezligi — 100 km/soat.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM salonida karavoti bo‘lgan elektromobil ishlab chiqardi