Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet ommabop avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzish bo‘yicha takliflar tarqalmoqda. Buning uchun xaridorlardan OneID tizimidagi shaxsiy login va paroli, shuningdek pasport nusxasi hamda ma’lum miqdordagi to‘lovni amalga oshirish so‘ralmoqda.
UzAuto Motors kompaniyasi o‘z mijozlaridan hushyor bo‘lishni va shaxsiy ma’lumotlarini, ayniqsa, davlat portalidagi shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni so‘ragan. Onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni ta’minlaydigan imkon yo‘q.
«Bundan tashqari, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz firibgarlik bilan bog‘liq holatlar yoki boshqa bir nomaqbul harakatlar uchun foydalanilishi mumkin. Agarda shartnoma tuzish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga topshiradigan bo‘lsangiz, UzAuto Motors xaridor oldida hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi», deyiladi ogohlantirishda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring