09:24 / 21.12.2023
355

UzAutoMotors bu yil qaysi avtomobilni eng ko‘p ishlab chiqargan?

UzAutoMotors bu yil qaysi avtomobilni eng ko‘p ishlab chiqargan?

Kompaniya tomonidan joriy yilning yanvar–noyabr oylarida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligining yangi hisobotida ma’lum qilingan.

Infografika: Statistika agentligi

O‘zbekistonda o‘tgan 11 oy davomida jami 104 575 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davridagiga nisbatan 15,9 foizga ko‘pdir.

Shu bilan birga, Damas (79 819 dona, o‘sish 21,9 foiz) va Gentra (74 163 dona, o‘sish 7,8 foiz) ishlab chiqarish soni qolgan modellarga nisbatan sezilarli yuqori.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, hisobot davrida 40 744 dona Tracker, 29 200 dona Onix, 9 777 dona Chery, 546 dona Spark avtomobillari ishlab chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Cobalt, Damas va Gentra avtomobillari sotuvda mavjud emas. UzAutoMotors 2023 yildan Spark va Nexia o‘rniga Tracker va Onix ishlab chiqarishini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, kompaniya Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatishini bildirgan.

Dekabr yakunigacha Chevrolet Cobalt, Damas, Labo avtomobillari uchun shartnoma berilishi e’lon qilingan. Va bu galgi shartnomalar 2024 yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan avtomobillar uchun onlayn tarzda beriladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAutoMotors bu yil qaysi avtomobilni eng ko‘p ishlab chiqargan?