
Sotuvchi E-notarius.uz axborot portalida «Notarial harakatni rasmiylashtirish»ni tanlaydi, o‘zining shaxsiga oid ma’lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.
Sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi;
Sotuvchi sotib oluvchining JSHSHIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;
Sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan o‘tadi va roziligini tasdiqlaydi;
Avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
Notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
Belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida video-konferens-aloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
Bitimning asl nusxalari taraflarga kurerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar