18:23 / 12.03.2024
245

UzAuto Motors narxlar oshmaganini ma’lum qildi

UzAuto Motors narxlar oshmaganini ma’lum qildi
UzAuto Motors kompaniyasi biroz avval e’lon qilgan bayonotiga qo‘shimcha izoh bilan chiqdi.

Kompaniya xabaridagi asosiy maqsad mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi dilerlar bilan o‘zaro hamkorlikning yangi tizimiga o‘tganini e’lon qilish edi.

Hozirda kontraktatsiya jarayonlari olib borilmayotganini inobatga olgan holda, Chevrolet.uz saytida ko‘rsatilgan narxlar 2024-yilning 4-choragi uchun prognoz ko‘rsatkichlari asosida hisoblab chiqilgan.

Narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan
”, – deyiladi kompaniya axborotida.

Bundan avvalgi rasmiy xabarda 2024 yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochilishi hamda Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi 3,5 – 6,7 foizgacha bo‘lgan oraliqda qayta ko‘rib chiqilishi aytilgandi.

Shuningdek, kompaniya o‘z dilerlariga keyinchalik sotish uchun avtomobillarni xarid qilish imkoniyatini berishini e’lon qildi. Bunda, dilerlarga avtomobil uchun tavsiya etilgan chakana qiymat belgilanadi.

Ushbu yondashuv nafaqat dilerlik markazlari o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, balki xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi. Dilerlik markazlari xizmat ko‘rsatish sifati va innovatsion xizmatlarni yaxshilash orqali qo‘shimcha opsiyalar va aksessuarlarni taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi”, – deya ma’lum qildi UzAuto Motors.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors narxlar oshmaganini ma’lum qildi