22:28 / 31.03.2024
702

Avtomobillarni davlat ro‘yxatida o‘tkazish stavkalari oshdi

Avtomobillarni davlat ro‘yxatida o‘tkazish stavkalari oshdi
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.

IIV vaziri Po‘lat Bobojonov imzolagan 2024 yil 31 martdagi 164-son bo‘yruqqa ko‘ra, endilikda elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Shuningdek, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobillarni davlat ro‘yxatida o‘tkazish stavkalari oshdi