date

AQShda avtomobilda uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

AQShda avtomobilda uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Amerikalik poygachi Brays Menzis avtomobilda uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U Pro2 poyga pikapida 115,64 metrlik masofadan sakrab o‘tdi va shu tariqa Ginnesning rekordlar kitobiga o‘z nomini qayd etdi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.

Menzis so‘nggi 2016 yilning bahoridan ushbu tryukka tayyorgarlik ko‘rgan. To‘rt oy mobaynida poygachi va uning jamoasi San-Diego shahrida sinov sakrashlarini amalga oshirishgan.

115,64 metrlik masofaga sakrash Nyu-Meksiko shtatidagi shaharchada amalga oshirilgan. Poygachi darhol o‘z rekordini yangilamoqchi bo‘lgan, ammo keyingi urinish muvaffaqiyatli chiqmagan – amerikalik qo‘nish paytida elkasini sindirib olgan. Dastlabki urinishining o‘ziyoq Ginnesning Rekordlar kitobiga kirish uchun etarli bo‘ldi.

Avvalgi rekord amerikalik Tanner Fostga tegishli bo‘lgan, u avtomobilida 101,2 metrlik masofaga sakragan. 2014 yilda fransuz Gerlen Shisheri rekordni yangilamoqchi bo‘lgan, biroq uning urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » AQShda avtomobilda uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi