Qirg‘iziston—O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi 2024 yil 28 maydan sinov rejimida ishlashga tayyor bo‘ladi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev 24.kg nashriga ma’lum qildi.
Korxona Chuy viloyatining So‘quluq tumanida joylashgan. Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Qirg‘iziston va O‘zbekiston 12 xil avtomobil modelini qo‘shma ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
2023 yil 27 yanvarda O‘zbekiston prezidentining davlat tashrifi doirasida Qirg‘izistonda avtomobil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangandi. Loyihaga ko‘ra, u uch bosqichda amalga oshiriladi.
Dastlabki uch yil ichida 10 mingta avtomobil va tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishga 500 kishi jalb qilinadi. Mahalliylashtirish 5-10 foizni tashkil qiladi.
Ikkinchi bosqichda avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlash quvvatini 20 mingtagacha avtomobil va tijorat avtomobillariga yetkazish nazarda tutilgan. Mahalliylashtirish 15-20 foiz, ish o‘rinlari soni esa 1000 ta bo‘ladi.
Keyinchalik ishlab chiqarish hajmi 30 mingtagacha yengil va tijorat avtomobillariga, korxonada ishchilar soni esa 2000 kishiga yetkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi