
Moskva shahrida Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinning haydovchisi zirhlangan BMW avtomobilida Mercedes-Benz mashinasi bilan to‘qnashib ketdi va avtohalokat sodir bo‘lgan joyda halok bo‘ldi. Bu haqda TACC'ga asoslanib "Qalampir" xabar bermoqda.
BMW Rossiya Prezidenti ishlari bo‘yicha boshqarmaga tegishli bo‘lib, halok bo‘lgan shaxs Putinning eng yaxshi haydovchilaridan biri edi. U 40 yillik tajribaga ega bo‘lgan. YTH vaqtida avtomobilda undan boshqa hech kim bo‘lmagan.
Mercedes-Benz haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan. U tuzalgach, so‘roq qilinadi.
Quyida ushbu yo‘l-transport hodisasi aks etgan videotasvirni e’tiboringizga havola etamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar