11:20 / 20.06.2024
332

Ertaga Cobalt avtomobili uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi

Ertaga Cobalt avtomobili uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
UzAutoMotors 21 iyun kuni soat 10:00 da Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 21 iyun kuni, soat 10:00 da 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024 yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat “Savdo.uzavtosanoat.uz” sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini va mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holda, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qo‘yiladi. Shu munosabat bilan UzAutoMotors avtoixlosmandlardan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘ragan.

Shu bilan birga, kompaniya avtoixlosmandlardan avtomobillarni sotib olish uchun boshqa resurslardan foydalanib shartnoma tuzmaslikni hamda firibgarlardan ehtiyot bo‘lishdan ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil dekabr oyida UzAutoMotors Chevrolet Lacetti (Gentra) ishlab chiqarishni to‘xtatishi ma’lum bo‘lgan edi.
O‘shanda mazkur avtomobil uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari yangi modellarga yo‘naltirilishi aytilgandi.

2024 yil 8 may kuni esa UzAutoMotors yarim soatga bormay 4 500 dona Lacetti avtomobiliga shartnomalar tuzgan edi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu vaqt ichida UzAutoSavdo tizimi 120 dan ortiq kiberhujumga uchragan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ertaga Cobalt avtomobili uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi