22:51 / 12.09.2016
7 148

AQShda rekord darajadagi yurish zaxirasiga ega elektroavtobus taqdim qilindi

AQShda rekord darajadagi yurish zaxirasiga ega elektroavtobus taqdim qilindi

Kaliforniyadagi Proterra kompaniyasi 12 sentyabr kuni ishlab chiqaruvchilarining fikricha, an’anaviy yoqilg‘ida harakatlanuvchi shahar avtobuslari o‘rnini 500 km dan ko‘proq yo‘lga etadigan batareyasi hisobiga egallay oladigan Catalyst E2 avtobusini namoyish qildi.

Wired.com nashrining fikricha, jamoat transporti odatdagi shahar avtobuslarini elektr ko‘rinishidagilariga almashtirish uchun eng yaxshi nomzod hisoblanadi. Birinchidan, uning uchun akkumulyator quvvatini to‘ldirish uchun stansiyalar murakkab infratuzilmasini yaratish talab qilinmaydi. Ikkinchidan, Catalyst E2 uchun nisbatan uzoq davom etuvchi 5 soatgacha bo‘lgan quvvatlash vaqti muammo hisoblanmaydi: jamoatchilik transporti kechasi yurmaydi.

Catalyst E2 nashri 799 ming dollarni tashkil qiladi va dizel yoqilg‘isida yuruvchi avtobusning narxidan 2 barobarga qimmatroqdir. Biroq Catalyst E2 yoqilg‘i va texnik xizmat ko‘rsatish uchun xarajatlarni ancha kamaytirishga imkon beradi.

Kompaniyaning savdolar bo‘yicha vise-prezidenti Mett Xortonning fikricha, avtobusning uzoq vaqt quvvatlanishsiz yura olishining siri uning akkumulyator batareyasidadir. Akkumulyatorlar 660 kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqarishga qodir.

AQSh jamoatchilik transporti uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdagi avtobuslarning deyarli yarmi hozirdanoq gibrid dvigatellar bilan jihozlangan yoki muqobil yoqilg‘i turlaridan foydalanadi.

Yangi avtobus 2017 yildan savdoga chiqariladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQShda rekord darajadagi yurish zaxirasiga ega elektroavtobus taqdim qilindi