
UzAutoMotors 5 iyul kuni soat 10:00 da Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, avtomobili xaridi uchun avvalgi kontraktatsiya natijalariga ko‘ra, to‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirilmagan, shu jumladan, bekor qilingan hajmlar bo‘yicha shartnomalarga navbatdagi kontraktatsiya ochiladi.
5 iyul, juma kuni soat 10:00 da sotuv jarayonlari boshlanadi. Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.
Telegram-bot hamda UzAvtoSavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini va mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.
21 iyun kuni 25 ming dona Cobalt uchun onlayn kontraktatsiya ochilishi e’lon qilingandi. Mazkur avtomobil uchun shartnoma berish bir kunda tugatilgandi.
UzAutoMotorsCobalt AvtomobiliShartnoma OchilishiAvtomobil XaridiSavdo UzAvtosanoatTelegram Bot O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar