Asakadagi avtomobil zavodida eng oxirgi «Chevrolet Lacetti» rusumli avtomashina ishlab chiqarildi. Bu haqda «UzAuto Motors» AJ axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur avtomobil endilikda korxona tarixidagi so‘nggi «Lacetti» («Gentra») sifatida yodda qoladi. Manbaga ko‘ra, zavodda shu kunga qadar jami 487 ming 104 ta shunday avtomobil ishlab chiqarilgan.
«Chevrolet Lacetti» ishlab chiqarish 2013 yilda boshlangan. Dastlab yiliga 11 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich qariyb 90 mingga yetgan edi.
Zavod ushbu avtomobilni ishlab chiqarishni 2024 yil yanvar oyidan to‘xtatishni rejalashtirgan edi. Biroq, komplektatsiya va ehtiyot qismlar mavjudligi bois ishlab chiqarish jarayoni yana bir necha oy davom etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi