Joriy yining yanvar–iyul oylarida mamlakatda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Infografika: Statistika agentligi
UzAutoMotors yetti oy davomida 84 758 dona Cobalt ishlab chiqardi. O‘tgan 2023 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 55 968 donani tashkil etgan.
Hisobot davrida Damas ham boshqa avtomobillarga qaraganda ko‘p ishlab chiqarilgan — 48 884 dona. Taqqoslash uchun, 2023 yil mos davrida bu raqam 43 497 dona bo‘lgan.
Shu bilan birga, yanvar–iyul oylarida 23 378 dona Tracker, 18 238 dona Onix, 11 300 dona Kia va 4 869 dona Chery avtomobillari konveyerdan chiqqan. Yil boshidan iyul yakunigacha Gentra ishlab chiqarish hajmi 70,9 foizga kamayib, jami 12 837 donani tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2023 yilning dastlabki yetti oyida respublikada 44 179 dona, 2022 yil mos davrida esa 47 600 dona Gentra konveyerdan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, UzAutoMotors joriy yil iyul oyi yakunida Lacetti (Gentra) ishlab chiqarish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Asaka zavodida ushbu modeldagi avtomobillar 2013 yildan ishlab chiqarila boshlangan. O‘tgan 11 yil mobaynida zavod konveyerida jami 487 104 dona Lacetti ishlab chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Kreml AQSHning Rossiyaga ATACMS zarbalari haqidagi qaroriga qanday munosabat bildirdi?
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi
Pentagon bir shart bilan yadroviy zarabalar almashinuviga ruxsat berdi
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun 2060 yilgacha 400 mlrd dollar ajratishi kerak bo‘ladi