23:15 / 28.08.2024
93

Dunyodagi eng qimmat 6 ta retro avtomobil

Dunyodagi eng qimmat 6 ta retro avtomobil
Dunyodagi eng qimmat zamonaviy avtomobil 30 mln dollar tursa, kimoshdi savdolarida sotilgan eski avtomobillar orasida 142 million dollarga baholangani ham bor.

Mercedes-Benz 300 SLR Uhlenhaut Coupe, 1955 yil

Narxi
: 142 million dollar

2022 yilda ushbu model kimoshdi savdosida sotilgan dunyodagi eng qimmat retro avtomobilga aylandi. Mashinani nemis brendining kolleksioneri va muxlisi sotib olgan.

Model Rudolf Uhlenhout tomonidan ishlab chiqilgan va mashinaga aynan uning nomiga qo‘yilgan.

Biroq 300 SLR Uhlenhaut musobaqalarda qatnashishga ulgurmagan. Original 300 SLR esa 1955 yilda poyga paytida avariyaga uchragan va haydovchi tomoshabinlar o‘tirgan tribunaga uchib ketgan. Shundan so‘ng Mercedes-Benz sportni tark etadi. Uhlenhout esa 300 SLRni shahar avtomobili prototipiga aylantiradi — jami ikkita nusxada yaratiladi.

Auksionda sotilgan mashinadan Kent gersogi va lord Brabazon Yevropani kezish uchun foydalangan. 60 yillarning o‘rtalaridan boshlab avtomobil ko‘rgazma va tadbirlarda namoyish etiladi. 1986 yilda mashina restavratsiyaga yuboriladi va 2022 yilda u to‘g‘ridan to‘g‘ri Mercedes-Benz kompaniyasidan xususiy kimoshdi savdosida sotiladi.

Ferrari 250 GTO, 1963 yil

Narxi
: 52 million dollar

Auksionda sotilgan eng qimmat mashina. Bu modelning jami 36 ta nusxasi ishlab chiqarilgan. No3413GT shassisiga ega versiya 2018 yilda RM Sotheby's auksionida xarid qilingan. Ilgari mashina ispan kolleksiyachisiga tegishli edi. Bir yil o‘tgach, Boloniya sudi Ferrari 250 GTO liniyasini san’at asari deb tan oladi va nusxalashni taqiqlaydi.

Ferrari 250 GTO Berlinetta, 1962 yil

Narxi
: 35,7 million dollar

Ushbu modelning faqat 4 ta nusxasi ishlab chiqarilgan. Bu Le Mans marafonida soatiga 200 km dan oshiq tezlikka erishgan birinchi avtomobildir. Kapot ostida 340 ot kuchiga ega 3,5 litrli V12 dvigatel joylashgan. Sport avtomobili poyga mashinalarining o‘ziga xos belgisi bo‘lgan maxsus qizil rangga bo‘yalgan.

Avtomobil Parijdagi Artcurial Motorcars Retromobile auksionida sotiladi. Auksionda yig‘ilgan mablag‘ tadbirning umumiy daromadining yarmidan ko‘pini tashkil etadi.

Bugatti Type 57SC Atlantic, 1936 yil

Narxi
: 30 million dollar

Mazkur avtomobil Pebble Beach Concours d'Eleganse musobaqasida g‘alaba qozongan. Keyin u brendning boshqa hashamatli avtomobillari bilan Kaliforniyadagi Mullin muzeyiga yuboriladi. Avtomobil faqat to‘rt nusxada ishlab chiqarilgan, ulardan uchtasi bugungacha saqlanib qolgan.

Kompressor dvigateli 210 ot kuchiga teng. Bu 9,8 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqish va 200 km/soatdan yuqori tezlikka erishish imkonini bergan, bu o‘sha vaqt uchun juda yaxshi natija edi.

Mercedes-Benz W196R, 1954 yil

Narxi
: 29,6 million dollar

Haqiqiy poyga faxriysi, uning qiymati qayta tiklanmaganligidadir. Qirilgan va tirnalgan joylar g‘alabalar xotirasini saqlab qoladi va bunday noyob narsalarni sevuvchilarning alohida hayratiga sabab bo‘ladi. Argentinalik haydovchi Xuan Manuel Fangio unda 1954 yilda Germaniya va Shveysariya Gran-prilarini qo‘lga kiritgan va avtomobil jami to‘qqiz marta g‘olib chiqqan.

Quvur shaklidagi shassi, 2,5 litrli V8 dvigatel, alyuminiy korpus — bu xususiyatlarning barchasi o‘sha vaqt uchun inqilobiy edi. Yengil avtomobil 300 km/soatgacha tezlasha oladi. U 2013 yilda Bonhams kimoshdi savdosida ushbu auksion uchun rekord summaga sotilgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dunyodagi eng qimmat 6 ta retro avtomobil