16:36 / 12.10.2016
8 426

Dunyoning eng xaridorgir avtomobillari aniqlandi

Dunyoning eng xaridorgir avtomobillari aniqlandi

Focus2move analitik agentligi dunyoda sotilayotgan avtomobillar savdosiga oid barcha ma’lumotni to‘plab, eng serxaridor rusumni topdi. O‘rganish mobaynida turli qit’alarda istiqomat qiluvchi avtomobilchilarning didi har xil bo‘lishi kuzatildi, deyiladi "Carzone" sayti xabarida.

O‘nlikning cho‘qqisidan yaponlarning Toyota Corolla sedani o‘rin oldi. Yanvardan avgustga qadar 836 ming “Korolla” sotilgan. Xaridorlar asosan osiyoliklardir.

Ikkinchi o‘rinni Ford F-150 pikapi band qildi. Amerikaliklarning bino qo‘ygan avtomobili shu muddat ichida 700 mingta sotilgan.

Uchinchi o‘rinni esa evropaliklarning sevimli mashinasi Volkswagen Golf oldi. “Folksvagen” rusumi, hozircha 630 ming dona sotildi.

Bozori chaqqon mashinalar beshligidan Ford Focus va Hyundai Elantra ham joy oldi. Ikkinchi beshlikda esa Toyota RAV4, Volkswagen Polo, Honda CR-V, Toyota Camry oilaviy sedani va Chevrolet Silverado pikapini uchratish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dunyoning eng xaridorgir avtomobillari aniqlandi