O‘zbekistonda qish qattiq bo‘lmasa-da, lekin sovuq ob-havo haydovchilar uchun kutilmagan qiyinchiliklarni vujudga keltirishi mumkin.
Eshik qulflari muzlab qolishi, o‘t oldirish qiyinlashishi, ertalab oynalarni muz qoplashi yoki yo‘llar kutilmaganda sirpanchiq bo‘lib qolishi — tajribali haydovchi uchun ham muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
Sovuqni “qurollangan” holda kutib olish maqsadida Sputnik o‘zbekistonlik haydovchilar uchun foydali maslahatlar ro‘yxatini tuzdi.
Eng muhim tekshiruv nuqtalari:
1. G‘ildiraklar. Avtomobilning eng muhim qismi. Qish vaqtida sizga imkon qadar yumshoq va “tishli”, protektori kamida 4 mm bo‘lgan ballonlar kerak. Protektori silliq bo‘lib qolgan yoki yozgi ballonlarda yurish xavfli.
"Vsesezonka" yoki M+S (Mud+Snow) belgisi bor bo‘lgan ballonlar O‘zbekistonda aksariyat hollarda qo‘l keladi. Chunki bunday ballonlar odatda yumshoq va "tishi" ham maydaroq bo‘ladi.
Agar tog‘li hududda yashasangiz yoki tez-tez qor va muz bilan qoplangan yo‘llardan harakatlansangiz sizga qishki ballon kerak.
2. Akkumulator. Akkumulator sovuq havoda o‘z quvvatining bir necha foizini yo‘qotadi. Sovuqda dvigatel ham tezda o‘t olmaydi. Shu sababli qish mavsumida sizga baquvvat (imkon qadar yangi) akkumulator kerak.
3. Antifriz yaroqli bo‘lishi kerak. Odatda uning foydalanish muddati 2 yildan 5 yilgacha.
4. Texnik xizmat ko‘rsatish. Tajribali haydovchilar qish oldidan avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazadi. Muddati yetib kelgan bo‘lsa moy almashtirish, svecha va klemmalarni tekshirish, salon isitgichini tekshirish qish mavsumida avtomobildan foydalanishni qulay va xavfsiz qiladi.
5. Oyna yuvish suyuqligi ham qishki (muzlamaydigan) bo‘lishi kerak.
6. Yoritgichlarni tekshiring, ksenon va led chiroqlarni noqonuniy o‘rnatmang. O‘zbekistonda buning uchun jarima bor.
Foydali maslahatlar
Agar qishda mashina yuvsangiz, eshiklar orasi va rezinalarni quriganicha artish kerak. Chunki ertalabgacha muzlab, yopishib qolishi mumkin. Agar eshik muzlab qolgan bo‘lsa, uni kuch bilan tortib ochishga harakat qilmang, mushtingiz bilan uning chekkasiga bir necha joyiga uring. Keyin oching.
Tungi sovuqda mashinani issiq holda qoldirmang, avval eshiklarni ochib bir necha daqiqa mashina salonini sovuting, keyin qulflab keting. O‘shanda ertalab oynalar usti muz bilan qoplanmaydi.
Mashina oynalari harakat vaqtida ichidan terlamasligi uchun pechkani yoqib issiq havoni old oynaga yo‘naltiring.
Mashina qulfi muzlab qolmasligi uchun silikon moy bilan ishlov bering.
Qishda kerak bo‘luvchi buyumlar:
- Qor va muzdan tozalash uchun cho‘tka va qirg‘ich;
- Kichik belkurak;
- O‘t oldirish simi;
- Tortish uchun arqon;
- Yoqilg‘i zaxirasi;
- Qo‘lqop va fonar.
Avtomobilingizga jiddiy e’tibor berish nafaqat yo‘lda noxush vaziyatlarga tushib qolmaslik, balki avtomobil qishda muammosiz xizmat qilishiga ham yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Kanada AQSHni elektrdan uzib qo‘yish bilan tahdid qildi
Finlyandiya safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarga boshpana bermay qo‘ydi
Slovakiya bosh vaziri: Ukraina mojaro natijasida hududlarining uchdan bir qismini yo‘qotadi
Barcha kommunal xizmatlar bir paketga birlashtirilishi mumkin
Tramp Eron bilan ehtimoliy urushni istisno etmadi