
AQSh avtomobil bozorida sotilgan “Mersedes” va “BMV” rusumlarining ikkovini qo‘shganda ham “Tesla”ga eta olmaydi. Bu xulosa joriy yilning uchinchi choragi savdosi natijalariga asoslanadi. Elon Mask kompaniyasining ma’lumotlariga asoslanib Bloomberg agentligi ushbu xabarni tarqatdi.

Teslaning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, uch oy mobaynida 9156 dona Model S sotdi. Shu davrda 4921ta Mercedes S-Class, 3600dan ko‘proq BMW 7 sotildi.
Bloomberg yozishicha, uchinchi chorakda “Tesla” AQSh avtomobil bozorida katta lyuks sinf avtomobillari sotish bo‘yicha etakchiligini mustahkamlab bormoqda. Bu bozorda 32 foizli ulush “Tesla”nikidir. Bu xulosaga Mercedes va BMW vakillari sharh bergani yo‘q.
SUV avtomobillar savdosida “Tesla”ning ulushi 6 foizdir. Model X krossoveri Porsshe va Land Roverlardan yaxshi sotiladi, biroq Mercedes, BMW, Cadillac, Volvo, Audi va Lexuslardan quyidadir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar