00:34 / 19.10.2016
14 114

Dunyodagi eng xunuk avtomobil

Dunyodagi eng xunuk avtomobil

Eng ko‘rimsiz avtomobillarning istalgan ro‘yxatini ko‘zdan kechirsangiz, ushbu mikrokar kamida beshlikka kiradi. Biroq xunuk bo‘lsa-da, u yalpi ishlab chiqarilgan va o‘z xaridorlarini topgan.

Floridadagi Sebring-Vanguard kompaniyasining asoschisi va egasi Robert Bomon 1970-yillarning boshida golf avtomobilidan ilhomlandi va avtomobil dizaynerini yoniga chorlab, yangi mashina loyihasini tuzishga kirishib ketdi. Uning rejasidagi mashina golf maydonchasida emas, umumfoydalanish yo‘llarida harakatlanish uchun mo‘ljallangandi. Kompaniyaning eng avval Vanguard Coupe nomli kichik elektromobil ishlab chiqardi, ammo bu mashina unchalik dovrug‘ qozonmadi. Robertning ikkinchi mashinasi CitiCar bo‘ldi.

Avtomobil minimalizm uslubida yaratilgan bo‘lib, nogironlar avtomobilini eslatardi. Uch xil modifikasiyada ishlab chiqarilgan. 1974 yilda chiqarilgan SV-36ning motorida 2,5, ikkinchi modifikasiya SV-48da 3,5 ot kuchi bor edi. Takomillashtirilgan uchinchi Transitional (1977 yil) versiyasida roppa-rosa 6ta otning kuchi bor edi.

Mashinalar ko‘rimsizligi uchunmi, savdosi yurishib ketmadi. Bomon 1977 yilda mashinasozlikni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, uning kompaniyasi AQSh avtokompaniyalari reytingida General Motors, Ford, Chrysler, AMC va Checkerdan so‘ng oltinchi o‘rinda turardi.

Shundan so‘ng yoqimsiz dizaynga ham xaridor chiqdi va Bomon uni sotib yubordi. Yangi sohib CitiCar asosida avval Comuta-Car, so‘ngra Comuta-Van elektromobillarini ishlab chiqardi. Ularning maksimal tezligi soatiga 80 km, yo‘l zaxirasi esa 64 kmdan oshmasdi.

Aytib o‘tish kerakki, CitiCar va uning modifikasiyalari to Tesla paydo bo‘lgunga qadar Amerikadagi yalpi ishlab chiqarilgan elektromobil bo‘lgan. Ha, “kichkina demang bizni”, degani shu bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dunyodagi eng xunuk avtomobil