O‘zbekiston avtomobilsozlari 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘zi uchun yangi bozorlar — BAA, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Kot-d’Ivuar, Somali, Nigeriyaga yengil avtomobillar eksport qildi. Bu haqda Carzone.uz yozmoqda.
Bundan boshqa yana qaysi mamlakatlarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksport qilingani haqida aniq axborot yo‘q. Shuningdek, nomlari zikr etilgan mamlakatlarning har biriga qancha avtomobil etkazib berilgani haqida qo‘shimcha axborot berilmagan. Eksport qilingan avtomobillar rusumi ham ma’lum emas.
2016 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan hukumat hisobotida, O‘zbekiston BAAdan tashqari Janubiy Afrika Respublikasiga ham yengil avtomobillar eksport qilishni yo‘lga qo‘ygani haqida ma’lumot berilgan edi.
Rossiyada o‘zbek avtomobillariga nisbatan talab keskin tushib ketgani sabab, “O‘zavtosanoat” davlat kompaniyasi o‘zi uchun yangi bozorlar izlamoqda. Jumladan, 2015 yilda kompaniya Dubayda Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari vakillari uchun O‘zbekiston avtomobillari taqdimotini o‘tkazgan.
Bundan tashqari, shu yili JAR, Misr, Gabon, Angola, Kot-d’Ivuar, Kabo-Verde, Madagaskar va Ganaga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar sinov tariqasida etkazib berilgan. 2016 yil boshida esa o‘zbek avtomobillarini Iroq, Liviya, Livan, Iordaniya, Tunis va Nigeriyaga etkazib berish imkoniyatlari o‘rganib chiqilayotgani ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?