Ilon Mask (Elon Musk) odatda uylarning tom qismini quyosh batareyalari sifatida ishlatishni ilgari suradi, ammo Tesla transport vositalarida ham ushbu energiya manbaidan foydalanishni istisno qilmagan. Biroq, Sunflare Solars kompaniyasi bu borada Tesla’ni ortda qoldirib, CES 2025 koʻrgazmasida quyosh panellari bilan toʻliq qoplangan Cybertruck pikapini taqdim etdi.
Manbalariga koʻra, bu yangilanish avtomobil narxini 10 000 dollarga oshiradi, lekin kuniga 1,5 kVt quvvat ishlab chiqarishga imkon beradi. Agar ob-havo qulay va avtomobil sirtining tozaligi ta'minlansa, bu panellar Cybertruck zaxirasini kuniga 20 km gacha oshirishi mumkin. Tesla avvalroq Cybertruck tomiga oʻrnatiladigan quyosh panellari bilan bir kunda 24 km masofa uchun energiya yigʻilishini va'da qilgan edi, ammo bu imkoniyat hozircha xaridorlar uchun taqdim etilmadi.
Maskning soʻzlariga koʻra, Tesla Model 3’ni quyosh panellari bilan jihozlashga urinish muvaffaqiyatsiz boʻlgan, chunki 2017-yildagi texnologiya darajasi bunday gʻoyani amaliy qilishga imkon bermagan. Mask shuningdek, tijorat elektr furgoni ishlab chiqarilgan taqdirda, uning tomiga va yon panellariga quyosh elementlari oʻrnatilishi mumkinligini taxmin qilgan edi, bu esa toza havoda 48 km masofa bosishga imkon berishi mumkin.
Sunflare Solars’ning quyosh batareyalari bilan qoplangan Cybertruck modeli 5 kVt quvvatli invertor bilan jihozlangan. U quyosh energiyasini tortish batareyasiga uzatadi. Biroq bu modifikatsiya mexanik zarbalara sezgir va sirtning ifloslanishi samaradorlikni pasaytiradi, bu esa amaliy jihatdan bir qator savollarni keltirib chiqarmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Chevrolet mashhur Camaro modelini qaytadan ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Tesla Model Y yangilangan dizayni: muxlislar oʻrtasida ziddiyatli fikrlar
Hyundai Inster Cross: benzisiz harakat qiladigan yangi krossover savdoda!
Tesla ilk bor ikki FSD versiyasini bir yangilanishda taqdim etdi
“Donut motor”: 856 ot kuchiga ega noyob elektr motor taqdim etildi
Bu cheklov Oʻzbekistonga avtomobil olib kirishni 4 barobargacha qisqartirishi mumkin