Cobalt uchun 16-yanvardan shartnoma olish mumkin

Cobalt uchun 16-yanvardan shartnoma olish mumkin
UzAuto Motors” AJ Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobillari uchun avvalgi kontraktatsiyalarda shartnoma tuzilgan, ammo belgilangan muddatlarda toʻlovi amalga oshirilmagan hajmlar qayta savdoga qoʻyilishini ma'lum qildi.

Mazkur avtomobillarni xarid qilish boʻyicha yangi shartnomalar 2025-yil 16-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab savdo.uzavtosanoat.uz onlayn platformasi va UzAvtoSavdo mobil ilovasi orqali tuzilishi mumkin.

Shuningdek, Telegram-bot orqali navbatni kuzatish va mavjud avtomobillar haqida ma'lumot olish mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar