08:01 / 23.01.2025
123

Xitoyda Rolls Royce Phantom mashinasining yangi versiyasi ishlab chiqildi

Xitoyda Rolls Royce Phantom mashinasining yangi versiyasi ishlab chiqildi

Foto: Rolls Royce

Rolls Royce kompaniyasi Xitoyning uch ming yillik tarixga ega ajdaholar haqidagi afsonadan ilhomlanib, oʻzining yangi hashamatli avtomobil versiyasini taqdim etdi. Yangi Rolls Royce Phantom mashinasi maxsus dizayn va dekoratsiyalarga boy boʻlib, Xitoy madaniyatidagi ajdarho ramzi bilan bogʻliq kuch, donolik va boylikni ifodalaydi.

Mashinaning ichki qismida Starlight nomli mayda chiroqlardan iborat bezaklar bilan toʻldirilgan. Salonning boshqa qismlari yogʻoch oʻymakorligi yordamida ajdarho motivlari bilan bezatilgan. Shuningdek, avtomobilning rangi va bezaklari Xitoy madaniyatiga mos holda ishlab chiqilgan.

Foto: Rolls Royce

Foto: Rolls Royce

Dragon pristavkasiga ega Rolls Royce Phantom ezgu ishlari uchun xudolardan marvarid qabul qilgan ikki ajdarho haqidagi afsona haqida soʻzlaydi. Ularning har biri xazinani oʻziga olib qolish oʻrniga, marvaridni boshqalarga topshiradi. Ajdarlarning saxiyligi xudolarga manzur boʻlib, ularni ikkinchi marvarid bilan siylaydi. Afsonaga koʻra, bu ishidan soʻng ikki ajdar osmonga koʻtarilib, oʻzlari xudoga aylandi.

Foto: Rolls Royce

Foto: Rolls Royce

Mashina shiftdagi murakkab chiroqli naqshlar mazkur hikoyaga ishora qiladi. Qizil va oq ajdarlar 1300 dan ortiq optik tolalar yordamida tasvirlangan. Mashinaning narxi, uni buyurtma qilgan mijoz ismi ham noma'lum.

“Rolls Royce Phantom Dragon’ning bunday turli xildagi seriyalari ishlab chiqarilishi Sharqiy Osiyo mashina bozoridagi uning ahamiyati yuqori ekanligini bildiradi, ta'kidlaydi”, deydi ishlab chiqaruvchi.

Foto: Rolls Royce

Foto: Rolls Royce

Mazkur mashina ajdarho va qadimiy afsonalar mavzusini aks ettiruvchi birinchi Rolls-Royce emas. Oʻtgan yili xitoycha yangi yil bayrami mavzusiga bagʻishlangan avtomobillar kollektsiyasini chiqargan. Ular ham ajdarlar tasvirlari bilan bezatilgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto