![Hyundai elektr rikshalarni taqdim etdi](/uploads/posts/2025-02/0c12419961_rishka.webp)
Hyundai TVS bilan hamkorlikda Hindistonning gavjum koʻchalarida samarali harakatlanish uchun moʻljallangan ikkita elektr transport kontseptsiyasini namoyish etdi. Bu modellar mamlakatda keng qoʻllaniladigan rikshalarning texnologik xususiyatlarini oʻzida mujassamlashtirgan.
E3W va E4W elektr rikshalari
Mazkur prototiplar E3W va E4W nomlarini oldi. Avtomobillarning yon qismida oʻrnatilgan tutqichlar salon ichiga qulay kirish imkonini beradi, yon tomondagi chiqadigan zinapoyalar esa yuqori boʻlimdagi yuk joyiga koʻtarilishni osonlashtiradi. Bundan tashqari, qiyshiq old shishalar haydovchi uchun kengroq koʻrish maydonini ta'minlaydi.
![](/uploads/posts/2025-02/de57500090_as6yz2zqz0co2qeip1kh8ne2q1z2q5x.webp)
Kuzovning tashqi qismini yaratishda Hyundai qayta ishlangan materiallardan foydalangan. Bu usul ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirish bilan birga, elektr rikshalarning ekspluatatsiya xarajatlarini ham kamaytirishga yordam beradi.
Texnik tafsilotlar va narx
E3W (oʻngda) va E4W (chapda) tekis panellar va katta gʻildiraklarga ega. Biroq, dvigatel va batareya blog haqida batafsil ma'lumotlar hali oshkor qilinmagan. Narx borasida esa E3W modeli hozirgi elektr riksha bozoridagi takliflarga yaqin boʻlishi kutilmoqda. Masalan, King EV Max modeli 3410 dollar narxda boʻlib, 179 km yurish zaxirasiga va 60 km/soat maksimal tezlikka ega. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar