23:23 / 13.02.2025
48

Eng ishonchli Xitoy elektromobillari reytingi e'lon qilindi

Eng ishonchli Xitoy elektromobillari reytingi e'lon qilindi
LandRoads kompaniyasi Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi energiya (NEV) avtomobillarining sifati boʻyicha tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Eng kam muammoga duch kelgan brend Mercedes-Benz boʻldi, BYD va Zeekr esa oʻrtachadan yuqori ishonchlilik koʻrsatkichlarini namoyish etdi.

Kompaniya Xitoyda 67 ta NEV brendining 7,8 mingdan ortiq egalarini soʻrab, mahsulot sifati boʻyicha xavf indeksini ishlab chiqdi. Indeks qanchalik past boʻlsa, avtomobil shunchalik ishonchli hisoblanadi.

LandRoads tomonidan tuzilgan Xitoy elektromobillari ishonchlilik reytingi:
Mercedes-Benz – 33 ball (eng ishonchli)
Xiaomi SU7 – 79 ball
BMW – 80 ball
Arcfox – 93 ball

Ushbu toʻrtta brend xavf indeksi 100 dan past boʻlgan yagona ishlab chiqaruvchilardir.

Umumiy oʻrtacha ball – 186. Shu koʻrsatkichdan past boʻlgan brendlar orasida Oʻzbekistonda mashhur boʻlgan BYD (151) va Zeekr (175) ham bor. Ularning ustida Wuling (204), Deepal (205) va Chery (241) joylashgan.

Eng ishonchsiz brendlar:
Luxeed – 429 ball
Dongfeng – 447 ball
Fangchengbao – 453 ball

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto