Urganch shahridagi «Xorazm Ravon trans» MChJga qarashli yengil taksi haydovchilari milliy bayram kunlarida shahar ichi yo‘nalishlarida homilador ayollar va nogironlarga bepul xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishgan. Bu haqda Terabayt.uz sayti yozmoqda.
— Dunyo o‘rnak olsa arzigulik bu xayrli tashabbus jamiyat rahbariyati va haydovchilarning o‘zlaridan chiqqan. Ular yil boshidan beri barcha milliy bayram kunlarida Urganch shahri hududida nogironlar va homilador ayollarga tekinga xizmat ko‘rsatib, elning olqishi va duosini olmoqda, — deydi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Xorazm viloyat bo‘limi sektor mudiri A.Ismoilov. — Ushbu «aksiya» yo‘lga qo‘yilganidan beri yo‘lovchilar ularga ayricha hurmat bilan qaray boshlaganidan, har qadamda maqtov va duolarga sazovor bo‘layotganlaridan haydovchilar mamnun ekanlarini sezish qiyin emas. Eng qizig‘i, ushbu savob ishga qo‘l urilganidan keyin korxonaning pullik mijozlari soni yanada ortib, tushum ham sezilarli darajada ko‘payganini aytishyapti. Bu esa, o‘z navbatida, haydovchilarning ham daromadlari oshishini ta’minlamoqda.
Ezgu ish orqasida topayotgan bunday obro‘-e’tibor va barakadan ruhlangan «Xorazm Ravon trans» MChJ rahbariyati endilikda tug‘ruqxonadan «yangi mehmon» bilan chiqqan yosh onalarni uylariga bepul etkazib qo‘yishni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. «Har kim qurbi etgancha savob ish qilganiga nima etsin! Odamlarga yaxshilik qilsangiz, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zsangiz, o‘zingiz ham ruhiy halovatga erishasiz ekan. To‘g‘risi, biz boshlagan bu ishimizdan butun jamoamiz bilan zavq oladigan bo‘lib qoldik. Buni his qilmoqchi bo‘lganlar o‘zlari ham shu kabi xayrli ishning boshini tutishsagina tushunib etadilar», – deydi korxona rahbari Adilbek O‘razov.
«Xorazm Ravon trans» MChJ ko‘p yillarlan buyon shaharda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Hozirgi kunda korxona tasarrufida 26 ta yengil avtotransport vositalari mavjud. Avtomobillarni kunlik texnik ko‘rikdan, haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari ham bu erda malakali xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?