
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining Xiaomi SU7 Ultra elektromobilini "kosmik kulrang" rangida taqdim etdi. Kompaniyaning matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu modelning sotuvlari fevral oxirida boshlanadi.
Ushbu versiya oltin emblema, sariq tormoz kaliperlari, qora g‘ildirak disklari va uglerod tolali tom bilan ajralib turadi. Xiaomi ma’lumotiga ko‘ra, "kosmik kumush" rang varianti yorqin tusga ega bo‘lib, futuristik tashqi ko‘rinish va nafis dizaynni ta’kidlaydi.

Xiaomi 2024-yil 29-oktabrda SU7 Ultra uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Oldindan buyurtma narxi 814 900 yuan (taxminan 1 453 000 000 so‘m) bo‘lib, 10 000 yuan (taxminan 17 830 000 so‘m) depozit talab qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar