Xiaomi SU7 Max o'z klassida eng tezkor elektromobilga aylandi

Xiaomi SU7 Max o'z klassida eng tezkor elektromobilga aylandi
Qisqacha

Xiaomi kompaniyasining yangi SU7 Max modeli 1:37.974 natija ko'rsatib, 73 000 dollar narx segmentida eng tezkor elektromobilga aylandi. Ushbu model sport versiyalariga yaqin fukorolik avtomobili sifatida taqdim etilmoqda va yuqori samarali tormoz tizimi bilan jihozlangan. Poyga jarayonining to'liq videosi ham e'lon qilindi va yangi modelning sotuvlari boshlandi.

Xiaomi kompaniyasining yangi avlod SU7 Max modeli Chjezyan xalqaro trassasida 1:37.974 natija ko'rsatdi. Bu ko'rsatkich bilan elektromobil 73 000 dollargacha bo'lgan narx segmentidagi eng tezkor to'rt eshikli seriyali avtomobilga aylandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya poyga jarayonining to'liq va tahrirlanmagan videosini e'lon qildi. Shu bilan birga, trek imkoniyatlariga ega bo'lgan yangi SU7 Max modelining sotuvlari boshlangani ma'lum qilindi.

Ishlab chiqaruvchi ushbu modelni sport versiyalariga yaqin bo'lgan fuqarolik avtomobili sifatida taqdim etmoqda.

Avtomobilning yangi konfiguratsiyalari ro'yxatidan Sailun PT01 shinalari hamda ITT kolodkalari va ENDLESS suyuqligi bilan jihozlangan yuqori samarali tormoz tizimi joy olgan. Ushbu tizim yuqori yuklamalar va qizib ketishga chidamliligi bilan ajralib turadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar