Chevrolet Equinox: Rossiya va Oʻzbekistondagi narxlar

Chevrolet Equinox: Rossiya va Oʻzbekistondagi narxlar
Rossiyaga Xitoydan Chevrolet Equinox krossoverlari olib kelindi, deb "Avtonovosti dnya" xabar berdi.

Vladivostokda 2022-yilda ishlab chiqarilgan, 1,5 litrli turbo benzin dvigateliga ega toʻliq uzatmali Equinox narxi 3 million rubldan ($33 ming) boshlanadi.

Vologdada 2,0 litrli turbo dvigatelli Chevrolet Equinox 3,98 million rublga ($44 ming) taklif etilmoqda.

To‘rtinchi avlod krossoverlari narxi 4,93 million rubl ($54 ming) atrofida.

Taqqoslash uchun, O‘zbekistonda rasmiy ishlab chiqaruvchidan 2,0 litrli dvigatelga ega to‘liq uzatmali Chevrolet Equinox 383,5 million so‘mdan (chegirma bilan), ya’ni taxminan $29,5 mingdan boshlanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar