
O‘tgan yil oxirida Hyundai yangi avlod Palisade krossoverini taqdim etdi. Ushbu avtomobil 2025-yil boshida Janubiy Koreyada sotuvga chiqarilgan va ayrim modifikatsiyalari darhol taqchillikka uchradi.
Koreya matbuotining xabar berishicha, hali ishlab chiqarish boshlanmagan, ammo 1000 km masofa yurish imkoniyatiga ega gibrid versiya hozir deyarli oldindan buyurtma berish uchun mavjud emas. So‘nggi paytlarda oldindan buyurtma bergan mijozlar esa o‘z avtomobillarini bir yildan ortiq kutishlariga to‘g‘ri keladi.

Benzinli versiyalar uchun kutish vaqti ancha qisqaroq bo‘lib, mijozlar o‘z avtomobillarini 3-4 oy ichida olishlari mumkin.
Yangi avlod Hyundai Palisade’ga bo‘lgan talab shu qadar yuqori bo‘ldiki, xaridorlarni avtomobilning narxi keskin oshgani ham cho‘chitmayapti. Masalan, gibrid versiyaning narxi oldingi modelga nisbatan 10 million von (taxminan 600 million so‘m) ga oshgan, benzinli modifikatsiya esa 6 million von (taxminan 365 million so‘m) qimmatlashgan.

Bundan tashqari, bir necha hafta oldin Hyundai Palisade Rossiyada ham sotuvga chiqarildi. Koreyadan ushbu avtomobillarni parallel import orqali olib kelish rejalashtirilgan. Rossiyada avtomobilning boshlang‘ich narxi 7 million rublni tashkil etsa, eng qimmat komplektatsiya 11,5 million rublga yetmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar