
Rossiyada Chevrolet Captiva 2025 narxlari o‘zgarib, endi 2,89 million rubl (taxminan 375 million so‘m) dan boshlanmoqda. O‘tgan oyda krossover narxi 170 ming rublga oshgan bo‘lsa-da, u hali ham o‘z segmentida maqbul narxga ega bo‘lib turibdi.
Kirov shahridagi avtosalonlarda Captiva’ning eng to‘liq Premier versiyasini sotib olish mumkin. U quyidagi qulayliklarga ega:
- teri bilan qoplangan salon,
- orqa ko‘rish kamerasi va parktronik,
- kruiz-nazorat,
- kalitsiz kirish tizimi,
- 8 dyuymli sensorli multimedia tizimi.
Boshqa shaharlarda Chevrolet Captiva’ning narxi biroz farq qiladi:
- Sankt-Peterburg – 2,99 million rubl (taxminan 387 million so‘m)
- Irkutsk – 3,05 million rubl (taxminan 395 million so‘m)
Barcha Chevrolet Captiva modellari 1,5 litrli, 147 ot kuchiga ega dvigatel, variator uzatmalar qutisi va old g‘ildirak yetakchiga ega.
Garchi Chevrolet Captiva narxi ko‘tarilgan bo‘lsa ham, u ba’zi xitoylik krossoverlarga qaraganda arzonroq. Masalan:
- Chery Tiggo 8 Pro Max – 3,37 mln rubl (taxminan 435 million so‘m)
- Geely Okavango – 3,697 mln rubl (taxminan 475 million so‘m)

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar