
Telegram'dagi RCI News kanali noyob Lada Vesta NG avtomobilining fotosuratlarini e’lon qildi. Tashqi ko‘rinishidan u Techno komplektatsiyasiga mos keladigan oddiy avtomobildek ko‘rinsa ham, ichki qismida o‘ziga xos jihati bor — mashina ikki rangli salon bilan jihozlangan.
Bu yangilangan Lada Vesta ekanligi noma’lum, biroq dilerlarda allaqachon ikki rangli interyerga ega mashinalar borligi ma’lum bo‘ldi. Avvalroq, Lada Vesta'ning yangi versiyasiga 6 pog‘onali mexanik uzatma va orqa o‘rindiqlar uchun isitish tizimi qo‘shilishi haqida ma’lumot tarqalgan edi.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar