
Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan BYD fevral oyining boshida barcha modellari God’s Eye («Ilohiy ko‘z») deb nomlangan avtonom haydash tizimi bilan jihozlanishini e’lon qildi. Bu qaror Xitoy avtosanoatida katta inqilobga sabab bo‘ldi. Geely esa texnologik ustunlikni raqibga topshirmaslik maqsadida xuddi shunday tashabbus bilan chiqdi. Endi G-Pilot avtopilot tizimi Geely, Zeekr, Lynk & Co va LEVC brendlarining barcha modellari uchun mavjud bo‘ladi.
Bunga qadar avtopilot tizimlari juda qimmat opsiya hisoblangan. Masalan, Tesla o‘zining FSD (Full Self-Driving) nomli ikkinchi darajali avtonom haydash tizimini 8000 dollar evaziga taklif qiladi. Mercedes-Benz kompaniyasining uchinchi darajali Drive Pilot tizimi esa faqat qimmatbaho EQS va S-klass modellarida mavjud bo‘lib, AQShdagina tasdiqlangan va 2500 dollarlik dastlabki to‘lov hamda obuna talab qiladi. Shu sababli, Geely va BYD kompaniyalarining avtopilot texnologiyalarini ommalashtirish harakati xitoylik xaridorlar uchun juda ma’qul bo‘ldi.
G-Pilot: turli darajadagi konfiguratsiyalar
BYD kompaniyasining God’s Eye tizimi kabi Geely ham turli narx toifalari uchun mos konfiguratsiyalarni taklif qiladi. Hattoki Geely bu borada BYD’dan ustunlikka ega — u uchta emas, beshta versiyani ishlab chiqdi. Ular dasturiy hamda apparat jihatdan farq qiladi:
- G-Pilot H1 — 10 ta kamera va 5 mm radarlar bilan jihozlangan. Adaptiv kruiz-kontrol, avtomatik to‘xtash va trassada harakatlanish imkoniyatiga ega.
- G-Pilot H3 — 10 ta kameraga ega, ammo 3 mm radarlar bilan ishlaydi. Bu versiyada shahar avtopiloti qo‘shilgan.
- G-Pilot H5 — lidar va qo‘shimcha kamera bilan to‘liq «eshikdan eshikka» haydash imkoniyatini beradi.
- G-Pilot H7 — sun’iy intellekt imkoniyatlari kengaytirilgan va kuchliroq protsessorga ega.
- G-Pilot H9 — 13 ta kamera va bir necha lidar bilan jihozlangan. U kelajakda uchinchi darajali avtonom haydash sertifikatiga ega bo‘lishi mumkin.
Intellektual integratsiya
Geely nafaqat avtonom haydash texnologiyalarini rivojlantirmoqda, balki sun’iy intellektni o‘zining Flyme Auto operatsion tizimiga chuqur integratsiya qilishni ham rejalashtirmoqda. Yangi tizimda ilg‘or ovozli yordamchi va animatsiyalangan avatarlar joriy qilinadi, bu esa foydalanuvchilar uchun haydash jarayonini yanada qulay va interaktiv qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar