
Mercedes-AMG bo‘linmasi yangi elektr superkar ustida ishlamoqda, deb xabar berdi Autocar. Manbalarga ko‘ra, bu model AMG tarixidagi eng kuchli va tezkor avtomobil bo‘ladi.
Yangi superkar kompaniyaning elektr motorlar sohasidagi ilg‘or ishlanmalarini namoyish etadi. Mercedes-Benz ilgari Vision EQXX konsepti orqali uzoq yurish masofasini ta’minlay olishini isbotlagan edi.
Dizayni 2023-yilda taqdim etilgan One-Eleven kontseptsiyasiga o‘xshashi kutilmoqda. Shuningdek, superkar yangi avlod elektromotorlar bilan jihozlanadi.
Mercedes-Benz kompaniyasi ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishi, shu bilan birga 40 ga yaqin yangi yoki yangilangan model chiqarishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar